Birinchi bosqich sirtqi bo‘lim o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi

Yuridik texnikum direktori va birinchi bosqich sirtqi bo‘lim o‘quvchilari oʻrtasida texnikum ichki tartib qoidalari, o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Oʻtkazilgan ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 22-noyabr kuni tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 705-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida fikr yuritildi.

Texnikum direktori mazkur qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «OʻzR Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini «yurisprudensiya» mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni amalga oshiruvchi oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomi» boʻyicha texnikum o‘quvchilariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Muloqot soʻngida o‘quvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda texnikum faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan oʻzlarining takliflarini bildirdilar.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: