Davra suhbati oʻtkazildi

Fargʻona viloyati yuridik texnikumida Fargʻona viloyati maʼmuriy sudining raisi D.maxamatov, sudyalar I.Matmusayev, N.Hojimatovlar, Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining raisi S.Qurbonov hamda Fargʻona shahar prokurori yordamchisi B.Akbarovlar ishtirokida texnikum oʻquvchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida Sud-huquq tizimidagi islohotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 yanvar kundagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ni qabul qilish haqidagi PF-60 son farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 yanvar kunidagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamad aholining sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-107 son qarori yuzasidan tushunchalar berib oʻtildi.

Ulashing: