«Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi» nominatsiyasi boʻyicha tanlovning texnikum bosqichi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va TDYU qoshidagi akademik litsey oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan «Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi» nominatsiyasi boʻyicha tanlovning texnikum bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlov Nizom asosida oʻqituvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, fan boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni keng jalb etish, oʻzaro tajriba almashish, ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, oʻquvchilarni fanlarni oʻqishga va oʻrganishga motivatsiya berishda oʻqituvchilar masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida oʻtkazildi.
Tanlovni shaffoflik, xolislik va kollegiallik tamoyillari asosida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan komissiya aʼzolari belgilangan mezonlar doirasida baholab bordilar.
⚡️Tanlov natijalariga koʻra:
1-oʻrinni maxsus fan oʻqituvchisi Egamova Oygul Saidjonovna;
2-oʻrinni maxsus fan oʻqituvchisi Movlonov Baxromali Qodirovich;
3-oʻrinni davlat tilida ish yuritish fani oʻqituvchisi Qurbonova Nigora Nabiyevna egalladi.
✅Gʻoliblar diplomlar bilan taqdirlandilar. Tanlov koʻtarinki ruhda tashkillandi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube