«Xotin-qizlar faolligi-jamiyat farovonligi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi

«Xotin-qizlar faolligi-jamiyat farovonligi»
mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Ayollarsiz hayotni, taraqqiyotni tasavvur qilib boʻlmaydi. Ular jamiyatning yetakchi kuchlari, mohir va uddaburon murabbiylari, mehribon va oqilona tarbiyachilaridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari «Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy» deb eʼlon qilinganligi hamda texnikum direktorining 7 fevraldagi «Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oyligini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirdar dasturining 2-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida «Xotin-qizlar faolligi-jamiyat farovonligi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatiga Fargʻona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muofiqlashtirish boshqarmasi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi» guruhi aʼzolari katta inspektor-leytenanti N.Maxammadiyeva hamda R.Xasanova,Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi «Huquqiy targʻibot» boʻlimi xodimi E.Olimov ishtirok etdilar.

Suhbat davomida xotin-qizlarga oid huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, ularning amal qilishi va xayotda tadbiq etilishi, ayollar oʻrtasida jinoyatchiliklarni olidini olishda profilaktik chora-tadbirlar gender tenglik va boshqa mavzularda oʻquvchi-qizlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga tegishlicha javob oldilar.

Bunday suxbat va tadbirlar oʻquvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshrishga xizmat qilib kelmoqda.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: