“Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” shiori ostida “Voleybol” sport turi boʻyicha birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchi-qizlari oʻrtasida “Direktor kubogi” sport musobaqasi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari «Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy» deb eʼlon qilinganligi hamda texnikum direktorining 7-fevraldagi «Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oyligini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirdar dasturining 5-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” shiori ostida “Voleybol” sport turi boʻyicha birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchi-qizlari oʻrtasida “Direktor kubogi” sport musobaqasi oʻtkazildi.

Ushbu musobaqa ikki kun davom etib, final bosqichiga 3-20 guruhining “Lavers” jamoasi, 17-21 guruhining “Liders”jamoasi va 12-21 guruhining “Femida” jamoalari chiqdilar.

Musobaqa natijalariga koʻra:
🥇1-oʻrin 17-21 guruhining “Liders” jamoasi;
🥈2-oʻrin 3-20 guruhining “Lavers” jamoasi;
🥉3-oʻrin 12-21 guruhining “Femida” jamoalari gʻolib deb topildilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: