An’anaga «Zakovat» intellektual o’yinlarining I-bosqich o’quvchilari o’rtasida saralash bosqichi o’tkazildi.

13-21 guruhining «EAGLES», 18-21 guruhining «Победители по жизни» jamoalarini bilimdonlari ishtirokida o’tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
«Zakovat» o’yinlari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan alohida e’ tirof etildi. Yoshlarni bilimli va salohiyatli bo’lishlarida ushbu intellektual o’yinlarning ahamiyati oshib bormoqda.

Turli sohalardagi savollarga javob topish uchun izlanishda bo’lishga undaydigan bunday o’yinlar bo’lajak huquqshunoslarni o’z ustida ko’proq ishlashiga asos bo’ladi.

O’yin yakunida 18-21 guruhining «Победители по жизни» jamoasi g’olib deb topilib, keyingi bosqichga yo’llanma oldi.

✅ «Zakovat» o’yinlari davom etadi!..



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: