Adliya vaziri R.Davletov tomonidan vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan online uchrashuv o‘tkazildi.
«Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida videokonfrensaloqa (Zoom platformasi) orqali adliya vaziri R.Davletov tomonidan vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan online uchrashuv o‘tkazildi.
Adliya vaziri R.Davletov adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqlari, ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr yuritdi.
Shuningdek, hozirgi kunda tizimdagi ayollar soni 38%ni tashkil qilayotganligi, gender tenglikni taʼminlash boʻyicha yana qoʻshimcha ishlar amalga oshirilishini ham taʼkidlab oʻtdi.
Yigʻilish soʻngida vazir barcha ayollarni kirib kelayotgan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan tabrikladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube