Texnikun o’quvchilari Respublika sud-tibbiy ekspertizasi Ilmiy-amaliy Markazi Fargʻona filialiga tashrif buyurdilar.

Texnikun o’quvchilari Respublika sud-tibbiy ekspertizasi Ilmiy-amaliy Markazi Fargʻona filialiga tashrif buyurdilar.

Texnikumining 2-bosqich «Sud huquqiy faoliyat» yoʻnalishi oʻquvchilari “Jinoyat huquqi va protsessi”, “Kriminalistika” fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustaxkamlash maqsadidda Respublika sud-tibbiy ekspertizasi Ilmiy-amaliy Markazi Fargʻona filialiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Ilmiy amaliy Markaz boshligʻining oʻrinbosari B.Siddiqov oʻquvchilarga Ilmiy amaliy Markazning Fargʻona filialining tarixi, faoliyati, filialda mavjud «Sud biologik», «Sud kimyoviy», «Tibbiy kriminalistik» hamda «Morfologik» laboratoriyalar haqida tushuncha berdi.

Shuningdek, «Sud ekspertiza toʻgʻrisida»gi qonun hujjatlari va ularning qisqacha mazmuni, Sud ekspertiza muassasalari va ularning turlari, Sud ekspertiga qoʻyiladigan malaka talablari, ekspertiza tayinlash tartibi va asoslari, oʻtkazish tartibi, ekspert xulosasi va uning jinoiy javobgarlik masalalariga atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarli javoblarni oldilar.

Hamkorlik davom etadi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: