Birinchi bosqich o’quvchilari o’rtasida «Texnikum malikasi’ ko’rik-tanlovi o’tkazildi

Joriy yilning 3-mart kuni Farg’ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i-yuridik texnikumi direktorining 2022-yil 21-fevraldagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish hamda davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha 2022-yilda amalga oshiriladigan chor-tadbirlar» rejasining 1-bo’lim 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida texnikum 1-bosqich o’quvchilari o’rtasida «Texnikum malikasi’ ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Ko’rik-tanlovda ishtirok etgan qizlar 4 ta shart bo’yicha bellashdilar. Ishtirokchilar o’zlarining zukkoliklari, chaqqonliklari, pazandachiliklari va bilimliliklarini namoyish etdilar. Hakamlar hay’atining qaroriga ko’ra 15-21 guruh o’quvchisi Anvarjonova Dilafro’z «Texnikum malikasi» deb e’tirof etildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: