“Mini futbol” bo’yicha “Direktor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.

Sportning “Mini futbol” turi boʻyicha texnikumning birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida “Direktor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.

Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatlikni tiklashga koʻmaklashish maqsadida sportning “Mini futbol” turi boʻyicha texnikumning birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida “Direktor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.

Keskin kurash va qiziqarli onlarga boy boʻlgan ushbu sport musobaqasining final bosqichida 1-20 va 7-20 guruh jamoalari oʻzaro bellashdilar. Oʻyin yakunida 7-20 guruhi jamoasi gʻalaba qozondilar.

Faxrli oʻrinlarni egallagan jamoalar texnikumning qimmatbaho sovgʻalari va diplom bilan taqdirlandilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: