“Sport va goʻzallik” tadbiri tashkil etildi
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xotin-qizlarning goʻzallik va nafosat ayyomi 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy tabriklaydi!
Shu munosabat bilan adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 4-mart kuni adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, yuridik xizmat markazlari hamda Fargʻona viloyat yuridik texnikumining ayollari ishtirokida turli koʻrinishdagi bayramona turli tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, ayollar ishtirokida “Sport va goʻzallik” tadbiri tashkil etilib, tadbir doirasida stol tenisi, shaxmat- shashka va qiziqarli «Quvnoq startlar» musobaqalari tashkil etildi. Gʻoliblar munosib taqdirlandilar.
Shu bilan birga, tadbir yakunida barcha xodimlar uchun Fargʻona viloyat Musiqali drama teatrining “Erginamning orzusi” nomli spektakli sayyor tarzda namoyish etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube