ZOOM platformasi orqali onlayn dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Joriy yilning 30 mart kuni texnikumning “Sud-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi, 2-bosqich 5-20 guruhi oʻquvchilariga TDYU Kriminalistika kafedrasi o’qituvchisi G.Ahmedova tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn tarzida “Sud balistikasi” mavzusida dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Dars mashgʻuloti oliy oʻquv yurti talabalari uchun moʻljallangan tartibida koʻrgazmali taqdimotlardan foydalanib, toʻliq va mukammal holda oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida mavzu hususiyatlaridan kelib chiqib, oʻquvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi. Oʻquvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollariga toʻlaqonli javob oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: