«Huquq ijodkorligi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
⚖ Joriy yilning 31-mart kuni texnikumning “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi O.Usmonova tomonidan “Yuridik xizmat” yo‘nalishi 14-21 guruhida «Huquq ijodkorligi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
🔹 Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.
🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube