“Zamonaviy taʼlim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ gʻoyalar, takliflar va yechimlar” mavzusidagi koʻp tarmoqli 34-sonli Respublika ilmiy-onlayn konferensiyasida texnikumning “Yuridik xizmat” yoʻnlishi, 1-bosqich 16-21 guruh oʻquvchisi Poʻlatova Moxinur Nurali qizi “Turkiston muxtoryati” nomli maqolasi bilan qatnashdi.

“Zamonaviy taʼlim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ gʻoyalar, takliflar va yechimlar” mavzusidagi koʻp tarmoqli 34-sonli Respublika ilmiy-onlayn konferensiyasida texnikumning “Yuridik xizmat” yoʻnlishi, 1-bosqich 16-21 guruh oʻquvchisi Poʻlatova Moxinur Nurali qizi “Turkiston muxtoryati” nomli maqolasi bilan qatnashdi.

Turkiston muxtoryati

Annotatsiya: Ushbu maqolada biz Chor Rossiya hukumati davrida Qoʻqon shahrida tuzilgan Turkiston muxtoryati hamda uning tarixiy ahamyati, tarkibi xaqida fikr mulohaza yuritiladi.

Kalit soʻzlar: Militsiya, yaxudiylar, jamoat, mahalliy, syezd, taʼsis majlisi, hayʼat.

Turkiston muxtoriyati 1917-yil 27-noyabrdan 1918-yil 19-fevral sanasigacha Turkiston mintaqasida tashkil topgan dastlabki demokratik Davlatdir. 1917-yil 26-noyabrda Qoʻqon shahrida Oʻlka musulmonlarining 4-favqulodda syezdi ish boshlaydi. Unda oʻlkaning barcha mintaqalari va koʻpgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakil xozir boʻldi. Kun tartibiga oʻlkani boshqarish shakli, Turkiston Markaziy musulmonlar sovetini qayta saylash, Turkiston taʼsis majlisi, militsiya, moliya va boshqa masalalar qoʻyildi.

Mandat komissiyasining aʼzosi T.Norboʻtabekov syezd qatnashchilarining tarkibi haqida axborot berdi. Unga koʻra syezda Fargʻonadan-100 nafar, Sirdaryodan-22 nafar, Samarqanddan-21 nafar, Buxorodan-4nafar, Kaspiy orti Davlatidan-1 nafar vakillar qatnashdi. Shuningdek viloyat vakillaridan tashqari syezda “Shoʻroi Islom”, “Shoʻroi Ulamo”, musulmon xarbiylari kengashi, Oʻlka yaxudiylar jamiyati va mahalliy yahudiylar vakillari qatnashdilar. Mahmudxoʻja Bexbudiy oʻz chiqishida syezdning xuquqiy jixatdan qonuniyligi haqida shunday degandi “Syezd qarorlari shuning uchun ham katta mavqega sazovorki, unda Turkistonning ovroʻpalik aholisi vakillari ham qatnashmoqda”. Bexbudiyning taʼkidlashicha, hayʼatni shunday tuzish kerakki, unga turli musulmon guruhlari bilan bir qatorda rus, yahudiy va boshqa halqlarning vakillari kiritilsin. Syezda qatnashayotgan vakillar bu fikrni qoʻllab-quvatladilar. Muhokamadan keyin 13 nafar kishidan iborat hayʼat saylashga kelishib olindi. Ochiq ovoz bilan hayʼat aʼzoligiga quyidagilar saylandilar: M.Choʻqayev, U.Xoʻdjayev, Yu.Agayev, S.Akayev, S.Garsfeld, O.Maxmudov, A.Oʻrazayev, I.Shoahmedov, Kishchinboyev, Kamol Qozi, Abdul Badin, Tiliyev, Karimboyev.

Mazkur quriltoy tinimsiz 3 kun faoliyatti davomi yakunida Turkiston Muhtoriyatini tuzishga muvaffaq boʻlishdi. Yangidan tuzilgan davlat Turkiston Muhtoriyati deb ataladigan boʻldi.

Taʼsis majlisi chiqarilgunga qadar hokimiyat toʻligʻicha Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq Majlisi qoʻlida boʻlishligi takidlandi.

Quriltoyda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Kengashi – nukumati tuzildi. Uning tarkibiga 12 kishidan iborat aʼzolar saylandi:

1. Muhammadjon Tanishboyev – Bosh vazir, Ichki ishlar vaziri.

2. Islom Shoahmedov – Bosh vazir oʻrinbosari.

3. Mustafo Choʻqayev – Tashqi ishlar vaziri keyinroq Bosh vazir.

4. Ubaydullo Xoʻjayev – Harbiy vazir.

5. Yurali Agayev – yer va suv boyliklari vaziri.

6. Obidjon Mahmudov – oziq-ovqat vaziri.

7. Abdurahmon Oʻrazayev – Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

8. Solomon Garsfeld – Moliya vaziri.

Hukumat tarkibida yana toʻrt nafar – yevroʻpalik aholi orasidan nomzodlar koʻrsatilgach, keyinchalik kiritilishi belgiladi. Shuningdek, bu hukumatda Saidnosir Mirjalol oʻgʻli xazinachi lavozimini egalladi.

Quriltoy qatnashchilari oliyjanoblik koʻrsatib demokratik yoʻldan yurishdi. Muhtoriyat vujudga kelishi bolsheviklarning mahalliy millatlarni mensimaslikka asosolangan mustamlakachilik siyosatiga muayyam javob boʻldi. Muxtoriyatning tarixiy axamiyatishundaki 53 yil davomida quvgʻinga uchragan Turkistondagi oʻzbek davlatchiligining qayta tiklanishi sifatida dunyoga keldi. Muhtoriyat oʻzining mohiyati bilan milliy millatlarning manfaatini ifoda etagan.

Shuni hulosa qilish kerakki halqimiz Chor hukumati zulmiga shunchaki qarab turmagan, ulardan tinimsiz hoh kuch bilan hoh siyosiy jihatdan mustaqillikka intilagan. Buning natijasi olaroq Turkiston muhtoriyatini tuzdi va 72 kunlik faoliyati davomida Muhtoriyat halq manfati yoʻlida ishladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. M.Joʻrayev va boshqalar Oʻzbekiston sovet Mustamlakachilik davrida 2-kitob “Sharq” nashryoti-matbaa konserni bosh tahririyati Toshkent- 2000

2. Q.Usmonov Oʻzbekiston tarixi “Sharq” nashryoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasibosh tahririyati Toshkent- 2014

3. B.Eshov Oʻzbekiston dpvlat va maxalliy boshqaruvi tarihi Toshkent- 2014



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: