Texnikumida ertalabki saflanish o’tkazildi.

Saflanishda “Davlat huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 12-21 guruh o’quvchilari o’zlarining chiqishlari bilan barchani mamnun etdilar.

Saflanish O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng 12-21 guruh o’quvchilari o‘zlari tayyorlab kelgan O‘zbekiston va jahon yangiliklari, Amir Temur tavalludi munosabati bilan sarkarda faoliyati yuzasidan ma’lumotlar hamda Viktorina “Zakovat nuri” o‘yinlarini havola etdilar.

Saflanish oxirida texnikum direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari O.Nasretdinova so‘z olib, hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr bildirdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: