“Oʻzbekistonda milliy tadqiqotlar: Davriy anjumanlar” jurnalining 37-sonida “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi I-bosqich 18-21 guruh o‘quvchisi Bohodirov Habibullo Hayrullo o‘g‘li “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining hayotga tadbiq etilishi” mavzusida maqolasi chop etildi.

“Oʻzbekistonda milliy tadqiqotlar: Davriy anjumanlar” jurnalining 37-sonida “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi I-bosqich 18-21 guruh o‘quvchisi Bohodirov Habibullo Hayrullo o‘g‘li “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining hayotga tadbiq etilishi” mavzusida maqolasi chop etildi.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATININGHAYOTGA TADBIQ ETILISHI

Bahodirov Habibullo Hayrullo оʻgʻli Fargʻona viloyati yuridik texnikumi oʻquvchisi
Annotatsiya: maqolada hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati xususida fikrlar berilgan.

Kalit soʻzlari: yoshlarga oid davlat siyosati, huquq, konstitutsiya.

Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, oʻz salohiyatini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish uchun qulay imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishida ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi. Yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasini shakllanishi mamlakatni modernizatsiyalash jarayoni bilan birga kechmoqda.

Jamiyatni demokratiyalashuvi jarayonida aholining asosiy qatlamini tashkil etuvchi yoshlarda sotsial-siyosiy yetuklikning shakllanishi-bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakkam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi balki, uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi. “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” – deyiladi Konstitutsiyamizning 2-moddasida.

Demak, davlat xalq manfaatini koʻzlab, oʻz faoliyatini yuritadi. Xalqning koʻpchilik qismini esa bugungi kunda yoshlar tashkil etadi. Oʻzbekistonda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar soni 18 milliondan oshdi. Bu esa mamlakatimiz aholisining 55 foizini tashkil etadi. Yoshlarning miqdor jihatidan oʻsishi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan ham yuqori koʻrsatkichga ega. Shu nuqtai-nazardan yondashadigan boʻlsak, aholining koʻpchilik qismini tashkil etayotgan yoshlarni sotsial-siyosiy qiyofasining shakllanganlik darajasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, 2016-yil 14-sentyabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari sifatida yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yoshlarning hayoti va sogʻligʻini saqlash, yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashish, yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuygʻusi, bagʻrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan; yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilish, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish boʻyicha kompleks choratadbirlar tizimini amalga oshirish kabi masalalarini oʻz ichiga olgan.

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi. Ushbu yil davlat dasturining amalga oshirilishi yoshlarga e’tibor va gʻamxoʻrlik siyosatining yana bir yorqin amaliy namoyoni boʻlganini barchamiz kundalik hayotdagi koʻplab imkoniyat va yangiliklar misolida guvohi boʻldik.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Bu huquqiy kafolatlar va yaratilgan imkoniyatlar yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasini shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi va ularning kayfiyatlari ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi. Faqatgina endi yoshlar oʻz pozitsiyasida faol boʻlib, oʻz kuchi va bilimiga tayangan holda yuksak marralar sari intilishlari darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: 2020
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻriidagi qonun. 2016-yil 15-sentabr



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: