Maqolalar chop etildi.

Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa, zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va maʼrifat bilan baquvvat boʻladi. Ilmdan hali xech kim zarar koʻrgan emas. Ilmni egallab olish esa bir sanʼatdir.

♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1- bosqich «Sud-huquqiy faoliyat» yoʻnalishi, 18-21 guruh oʻquvchisi Erkinova Zarnigor Ismoilzoda oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.

Jumladan, 2022 yilning aprel oyida “Zamonaviy ta‟lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g‟oyalar, takliflar va yechimlar” mavzusidagi 34-sonli Respublika ilmiy-amaliy online konferensiyasida “EKOLOGIK NUR” FORUMIDA 3 KUN mavzusidagi maqolasi, “Yosh olimlar, magistr va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini oshirishda ularga qaratilgan kreativ g‘oyalar, yechim va takliflar” mavzusidagi ko‘p tarmoqli Respublika ilmiy-onlayn konferensiyasida esa «O‘ZBEKISTONDA XOTIN QIZLARGA YARATILYOTGAN SHART- SHAROITLAR» mavzusidagi maqolalari chop etildi.


“EKOLOGIK NUR” FORUMIDA 3 KUN.

Erkinova Zarnigor Ismoilzoda Farg‟ona viloyati Yuridik texnikumiSud-huquqiy faoliyati yo‟nalishi 1-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatimizning dolzarb muommosi bo‘lgan ekologikmuammolar orol dengizi qurishi, suv tanqisligi, maishiy chiqindilarni qayta ishlash,musaffo osmononimizni qaytarish yo‘llari haqida gap boradi.Kalit So‘zlar: forum, qarovsiz yerlar, ekologik muommo, chiqindi, ikkinchi hayot,plastic chiqindi.

“Chang bo‘lmasa, jang bo‘lmasa insoniyat 1000 yil yashaydi”Abu Ali ibn Sino

Bugungi kunda jamiyatimizning dolzarb muommolari bu ekologiya bo‘lib kelmoqda.
Albatta ekologik muommolarni to‘laqonli yo‘qota olamaymiz. Lekin ularni qisman bartaraf etish qo‘limizdan keladi. Bulardan eng yiriklari: azon qatlamining yemirilishi, Orol dengizining qurib borishi, suv tanqisligi va shunga o‘xshagan muommolar. Ammoayrimlarining yechimini topsak bo‘ladi. Shu hususida 13-14-15 –aprel kunlari butun Respublika bo‘yicha «Ekologik Nur» forumi tashkil etildi. Va bu forumda ko‘plab ekologik muommolar va ularga yechimlar o‘ylab topildi. Barcha viloyatlarning muommo va yechimlarini o‘rtaga tashlandi. Ularning deyarli barchasi xalq uchun manfaatli deb topilmoqda va albatta amalda ham qilish harakatlariga tushildi. Viloyatlarni ekologiya uchun ishlab chiqilgan loyihalari odamni haqiqatdan ham quvontira oldi. Hususan shunday loyihalar ko‘tarib chiqildi.

· Maishiy chiqindilarni qayta ishlash – ikkinchi hayot;

· Musaffo osmon – chiqindilarni yoqilmasdan konteynerlarga tashalsin;

· Qarovsiz yerlarga mevali daraxtlar ekish – ham ekologik ham iqtisodiy yechim;
· “Yashil makon” – ko‘plab daraxtlar ekish hisobiga havoga kislorod berish.
Aniqlashimizcha, axlat muommosi barchamiz uchun juda muhim! va biz uni
o‘rganizshga qaror qildik. Biz izlanishlarimizga ko‘ra axlat parchalanmaguncha yerda qancha vaqt yotishi mumkin.

Plastic shishalar – 100 yildan ortiq
Qalay, tunuka – 10 yildan ortiq
Shisha butilka – 1000 yildan ortiq
Qog‘oz – 1 yildan ortiq
Oziq ovqat chiqindilari – 1 oydan ortiq.

Va shunday xulosaga keldik, ― axlatni saralash kerak (qayta ishlashni osonlartirish uchun). Axlat saralangandan so‘ng, qayta ishlashga yuboriladi va eski narsalarga – yangi – ikkinchi hayot beriladi.

Masalan: zavodda eski qog‘oz va gazetalardan yangi albom va daftarlar tayyorlanadi, Plastic butilkalardan esa suvinerlar tayyorlash mumkin. Temir buyumlardan esa extiyot qismlar tayyorlash mukin bo‘ladi.

Ayrim hududlarda axlat tashlovchi konteyner yo‘qligi va axlat tashuvchi mashina yo‘qligi sabali aholi ahlatlarni yoqib yuboradi. Bu esa tabiiy ravishda havoga insoniyatga zarar yetkazadi. Buning uchun har 6ta mahalla uchastkalariga bir donnadan mashina qo‘ygan taqdirda har bir mahallaga haftada bir barta borishga ulguradi va bir kun dam olishga ham. Shunda ekologiya ham buzilmaydi qo‘shimcha ish o‘rinlari ham paydo bo‘ladi.

Lekin odamni havsalasini pir qiladigan ayrim holatlar ham mavjud, axlatni saralash uchun joylarga uch xil ko‘rinishga ega konteynerlar qo‘yib chiqlmoqda, aholi ham deylik axlatni saralab tashlamoqda va oxorida axlat tashuvchi mashina kelib hammasini bitta qilib axlat poligonlariga olib borib tashlayabdi. Shunday ekan biz axlatni saralashimizdan nima foyda, nega saralashimiz kerak baribir hammasi birdek poligonga junatilyapti? degan savollar aholini qiynab qo‘ymoqda. Bu albatta hamma joylarda emas albatta. Bundan tashqari qarovsiz qolgan yerlarga mevali daraxtlar ekilishi. Bu ham ekologiya va bozor iqtisodiyoti uchun foydali. Yerlarga daraxtlarning ekiishi yerning sho‘r bosishdan asraydi. O‘g‘itlanib yerning yumshashiga olib keladi.

Bundan tashqari mevali daraxtlar uzog‘I bilan 4- 5- yilda meva berishni boshlaydi. Bu degani o‘ziga sarflagan chiqimlarni qoplay oladi. Va bozor iqtisodiga katta hissa qo‘shgan bo‘ladi. Bu ikki tomonlama yondashuv deyiladi.

Misol tariqasida farg‘ona viloyatining Rishton tumanini oladigan bo‘lsak, – Promzona hududida keng miqdorda qarovsiz yerlar mavjud. Lekin yana bir muommo shundaki u yerga suv chiqmaydi. Sababi u yerlarni sathi baland va suv chiqishi muommo. Mevali daraxtlardan tashqari issiqxona qursa ham bo‘ladi. Shunda ham qarovsiz yerlar bandlanadi va o‘g‘itlanadi hamda foyda keltirishi ham mumkin.

Ekologik muommolarga yechimlar faqat zarar keltirmasdan foyda ham keltirsa ayni muddao bo‘ladi degan umiddaman. Chunki xalqimizda shunday bir maqol bor – sih ham kuymasin, kabob ham.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.      https://dinelli.ru

2.      V.A. Usachevning – axlat fantaziyasi

3.      Aleksev S.V. ekologiya 10-11- sinf SMIO PRESS -1997

4.      «Ekologik nur» jamoa loyihalari.


O‘ZBEKISTONDA XOTIN QIZLARGA YARATILYOTGAN SHART- SHAROITLAR

Erkinova Zarnigor Ismoilzoda

Farg‘ona viloyati Yuridik texnikumi

Sud huquqiy faoliyati, 1-kurs talabasi

Annontatsiya: ushbu maqolada mamlakatimizdagi xotin qizlarga yaratilyotgan shart- sharoitlar, imtiyozlar, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida fikr mulohazalar yuritilgan.

Kalit So‘zlar: kvota, ta’lim, imtiyoz, mutaxassis, president, grant.

Bugungi kunda jamiyatimizda xotin qizlarga ta’lim uchun tadbirkorlik uchun ko‘plab shart- sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu mamlakatimizda ayollarning jamiyatda ham o‘rni beqiyos ekanligidan dalolatdir. Prezidentimiz SH. Mirziyoyev ta’lim sohasida ham anchagina imtiyozlar yaratib berishdi. Xususan , o‘qish istagi bor ammo sharoiti yo‘q qizlarga tavsiyanomalar beriladigan bo‘ldi. Bu tavsiyanomalar hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul ko‘rsatgichlari doirasida xotin qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun beriladi. Demakki, bu to‘g‘risida nizm tasdiqlangan.

Nizomga muvofiq, bunday tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi:

*kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin –qizlar

*to‘liqsiz oilda tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar

*14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan yol’iz ayol (erkak)larning qizlari

*shaxsiy uy joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashaydigan oilalar

*ota onalardan biri yoki ikkisi ham ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazida hisobda turganlar.

* nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin- qizlar

*oily ma’lumotli xotin –qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatgichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va boorish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi xotin qizlar.

Tavsiyanoma oily ma’lumot olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.

Bundan tashqari 5 yil ish tajribasiga ega ayollarga ham o‘qishga kirish uchun alohida kvotalar ajratildi. Hattoki yosh bolasi bor ayollar ham o‘qish uchun imtiyozlarga ega bo‘lishdi. Mamalakatimizda bunday imtiyozlar talaygina. Hususan tadbirkorlikka qiziqqan ayollar uchun ham 33 milliongacha kreditlar va mikro kreditlar ajratilyapti. Bundan ko‘zlangan maqsad jamiyatda xotin qizlarning ham o‘z o‘rinlarni topishiga ko‘maklashish.

Magistraturada o‘qiydigan barcha xotin qizlarning kontrakt puli to‘lab beriladigan bo‘ldi. Bu ham xotin qizlarimiz uchun ajoyib yangilik bo‘ldi.

Yana bundan tashqari ishlaydiga onalarga bolani ovqatlantirish uchun tanaffus berilmoqda. Bunda ikki yoshga to‘lmaan bolali ayollarga bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun berilgan vaqtdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri o‘ttiz daqiqadan kam bo‘lmagan tannaffus beriladi. Ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq ko‘p bolali ayollarga esa kamida bir soat qilib belgilandi. Mazkur tanaffuslar uchun esa ish haqi kamaytirilmaydi.

Prezidentning “ Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivolantirishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida” gi qabul qilingan qaroriga ko‘ra, yoshlar va xotin- qizlarni o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab –quvvatlantirilmoqda.

Faol va tashabbuskor xotin qizlar “ Motabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanmoqda.

Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin qizlarga imtiyozli uy joylar berilmoqda.

O‘n ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga qo‘shimcha ta’til beriladi.

Ayrim xotin qizlarning kontrakt puli davlat tomonida to‘lab beriladi. Bunday imtiyozlarni sanasak sanog‘i yo‘q aslida. Bunday imkoniyatlarning barchasi biz xotin qizlarni tadbrkorlikka, kasb hunarga bilim saviyamizini oshirishga xizmat qiladi. Shunday ekan bunday imkoniyatlardan , immtiyozlardan foydalanmaslik mumkinmi? Aslida shunda ham jamiyatda o‘z o‘rnimizni ololmasak shunday imtiyozlardan foydalana olmasak bunday imkoniyatlar samarasiz ketganiga achinamiz xolos. Boshqa davlatlarda ayollarga ko‘plab cheklovlar mavjud bizda esa oily ta’lim, tadbirkorlik, kasb hunarga o‘qitish tizimida yangidan yangi imtiyozlar yaratib berilmoqda.shunday ekan tengdoshim, singlim, opam aziz ayollar berilyotgan imkoniyatlardan oqilona foydalana olish o‘zimizga bog‘liq. Bu o‘zimiz uchun ham O‘zbekiston ravnaqi uchun ham ajoyib poydevor bo‘lib xizmt qiladi.

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.  https://review.uz

2. “Jamiyada ayollar”

3. https://advise.uz

4.“Olima ayollar jamiyati”



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: