Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i J.Nuritdinov Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari bilan muloqot o‘tkazdi.

Bugun 20-apreldan boshlab, Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinovning yuridik texnikumlarning bitiruvchi kurs o‘quvchilari bilan uchrashuvi boshlandi.
Dastlab, Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari bilan ZOOM platformasi orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘quvchilar tomonidan texnikumdagi o‘qish va uning imtiyozlari, “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud ta’lim muassasalariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish, texnikum bitiruvchilarining ishga joylashish va to‘lov-kontrakt masalalari kabi qator mavzular yuzasidan savollar berildi.
Boshqarma boshlig‘i J.Nuritdinov o‘quvchilarning taklif va savollariga tushuntirish va tavsiyalar berib o‘tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: