«Xalqaro xavfsizlik huquqi» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi.

2022-yil 20-aprel kuni «Xalqaro huquq va inson huquqlari» kafedrasi tomonidan yuridik texnikum o’quvchilari uchun xalqaro huquq boʻyicha yetakchi mutaxassis Sergey Sayapin tomonidan «Xalqaro xavfsizlik huquqi» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi.

Mahorat darsida Fargʻona viloyati, Sirdaryo viloyati hamda Toshkent shahar yuridik texnikumlarining oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Mahorat darsi doirasida xalqaro huquqda kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyilining ahamiyati, xalqaro xavfsizlikni taʼminlashda BMTning oʻrni, xalqaro huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik masalalari yuzasidan maʼlumotlar berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: