Joriy yilning 21-aprel kuni texnikumning Yuristlar uchun oʻzbek tili fani oʻqituvchisi D.Meliboyeva tomonidan “Sud-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi 1-bosqich 18-21 guruhida “Men huquqshunos boʻlaman” mavzusida binar dars mashgʻuloti tashkillandi.

Dars mashgʻulotida Qoʻqon shahar “G.Mavlyanova” advokatlik byurosi advokati Sh.Mingboyeva, Fargʻona shahar “Verdikt” advokatlik byurosi advokati X.Toʻychiyevlar ishtirok etdi. Unda “Sudya-odil sudlovni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs”, “Advokatlik maqomi”, “Men huquqshunos boʻlaman” mavzulari doirasida oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar namoyish etildi.

Ushbu mavzular doirasida tashrif buyurgan advokatlar soʻzga chiqib, oʻquvchi-yoshlar qalbida huquqshunoslik kasbiga yanada qiziqish uygʻotdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: