Fargʻona viloyati yuridik texnikumida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirda koʻrsatilgan 23-aprel “Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish” kuni va “Kitobxonlik xaftaligi” munosabati bilan kitob koʻrgazmasi tashkil etildi va Fargʻona haqiqati gazetasi muxbirlari, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Oʻzbekiston belgisi koʻkrak nishoni” sovrindori shoira Goʻzalxon Oxunova va “Kelajak liderlari” klubi aʼzosi Muattar Mahmudovalar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda shoira Goʻzalxon Oxunova inson hayotidagi kitobning oʻrni juda katta ahamiyatga ekanligi va mualliflik huquqi haqida oʻz fikrlarini bayon etib, oʻz ijodidan namunalar oʻqidi.

Texnikum oʻquvchilari Nabijonov Jasurbek, Ismoilov Toʻlanboy, Hakimjonov Omadbeklar oʻz ijodlaridan namunalar oʻqidilar. Shundan soʻng oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ushbu tadbirni oʻtkazishdan maqsad, kitob va kitobxonlikni targʻib qilish natijasida yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yanada barqarorlashtirishdir.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: