Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. Frensis Bekon

Fargʻona viloyati yuridik texnikumida Kitobxonlik xaftaligi munosabati bilan «Farzandimga kitob sovgʻa qilaman» hamda “Men texnikumga kitob sovgʻa qilaman” aksiyasi ostida kitob savdosi yarmarkasi oʻtkazildi.

Kitob savdo yarmarkasida oʻzbek va jahon adabiyoti yozuvchilarining asarlari, Prezident asarlari, Oʻzbekiston Respublikasi kodekslari, Oʻzbekiston halq shoiri Muhammad Yusufning sheʼriy toʻplamlari, Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari ”nomli kitobi, Toxir Malikning asarlari, jahon adabiyotlari oʻrin olgan.

Oʻtkazilgan ushbu kitob yarmarkasi oʻquvchilar va ularning ota-onalarida juda katta qiziqish va mamnun boʻlishlariga sabab boʻldi.

Chunki oʻquvchilarimizni kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlari, badiiy adabiyot vakillarining asarlar toʻplami bilan yaqindan tanishishlari zamonamiz yoshlarining hayot tarziga aylanib borayotganligi oʻz isbotini topdi.

Yoshlarimizning kitobga boʻlgan intilish va muhabbatlarini ifodalovchi bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tez-tez oʻtkazib turish maqsadga muvofiq.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: