Joriy yilning 22-aprel kuni texnikumning ikkinchi bosqich oʻquvchilarining ota-onalari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishnig asosiy maqsadi: o‘quvchilarning oʻzlashtirish natijalari va bitiruv imtihonlaring oʻtkazilish tartibi, Oʻzbekiston Respublikas Vazirlar Mahkamasining 705-son qarori mazmun-mohiyati, texnikum oʻquvchilariga yaratilayotgan imtiyozlar va qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan texnikumda olib borilayotgan islohotlar hamda amaliyot davrida o‘quvchilarning texnika xafsizligi, odob-axloq va ichki tartib qoidalariga amal qilishlari hamda tartibi bo‘yicha tushuncha berib o‘tidi.

Bundan tashqari texnikumning yoshlar bo‘limi tomonidan oʻquvchilaring texnikum ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etishlari hamda oʻquvchilar turar joyida yaratilayotgan shart-sharoitlar va klublar faoliyati, texnikumning ijtimoiy tarmoqlariga ota-onalrning aʼzoligi haqida hisobot berib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida ota-onalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga rahbariyat tomonidan batafsil javob olib qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: