⚖️ Joriy yilning 27-aprel kuni davlat tilida ish yuritish fani o’qituvchisi Qurbonova Nigora Nabiyevna tomonidan 12-21 guruhida «Annotatsiya yozishga qo’yiladigan talablar» mavzusida ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.

🔹 Mashg’ulot kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etildi. O‘quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzasidan «Ha-yo’q» ta’limiy o’yini o’tkazildi. So’ngra yangi mavzu – annotatsiya tuzish yuzasidan taqdimot asosida tushunchalar berildi.

🔹 Darsda kichik guruhlarga mavzuga oid amaliy mashq va topshiriqlar berildi, o’quvchilar berilgan topshiriqlarni jamoaviy hamda yakka tartibda bajardilar.

🔹 Darsda turli innovatsion usullar, zamonaviy IT texnologiyalari, videolavhalardan unumli foydalanildi, talabalar faol va qizg’in tarzda darsga qatnashdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: