Joriy yilning 28-aprel kuni yuristlar uchun ingliz tili fani o’qituvchisi Umida Rahmatova tomonidan 15-21 guruhida “Language and learning” mavzusida ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.

O‘quvchilar uyga vazifa sifatida “Future Continuous tense” mavzusida tayyorlab kelgan prezintatsiyalarini taqdim qilishdi. So’ngra yangi mavzu tushuntirildi.

Darsda turli hil topshiriqlar individual tasks, pair-work, group-work tarzida bajarildi va integrated skills ya’ni – listening, speaking , reading skills bo’yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, “Mental attack” usuli orqali o‘quvchilarga qiziqarli savollar berildi hamda «Crossword» orqali so’z boyliklari tekshirildi.

Ingliz tili muhiti to’laqonli yaratildi, talabalar faol va qizg’in tarzda darsga qatnashdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: