Joriy yilning 7-may kuni viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Farg‘ona shahri markazida joylashgan “Ahmad al-Farg‘oniy” nomidagi istirohat bog‘ida «Adliya sayli» huquqiy-madaniy tadbiri o‘tkazildi.

🔹Mazkur tadbirda davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi, FHDY, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, kadastr idoralari, soliq, bandlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, shuning nodavlat-notijorat tashkilotlari, viloyat boshqarmalari, shuningdek, harbiy tuzilmalar mas’ul xodimlari hamda texnikum o‘quvchi yoshlari ishtirok etishdi.

🔹Tadbirda fuqarolarning huquqiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida yuridik texnikum o’quvchilari tomonidan saylga tashrif buyuruvchilarning huquqiy savodxonliklarini oshirish maqsadida tarqatma materiallar ulashildi. Aholining huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash uchun test savollari, viktorinalar bo‘lib o‘tdi.

🔹»Adliya sayllari» da ishtirok etgan maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalariga yuridik texnikum faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: