Fargʻona viloyatida faxriy xodimlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

⚖️ Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasida 9 may – «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan tizimda uzoq yillar mehnat qilib, keksalik gashtini surayotgan faxriy xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni boshqarma boshligʻi kirish soʻzi bilan ochib berdi va faxriylarning tizim rivojidagi oʻrni haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

🔹 Tizimda samarali xizmat qilgan faxriylar R.Tadjiboyev, A.Boʻtayev, M.Nishonov, G.Otanazarova, U.Xaydarov va E.Raxmatillayevlar soʻzga chiqib, oʻz mehnat tajribalari haqida xodimlar bilan oʻrtoqlashdilar, shuningdek, tadirda ishtirok etgan Fargʻona yuridik texnikumi talabalari va yosh mutaxassislarning ota-onalari boshqarma faoliyati, idoraviy muzeyi hamda sport xonalari bilan yaqindan tanishdilar.

🔹 Albatta bu kabi tadbirlarni oʻtkazilishi Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, jamiyatda korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarni oldini olishda tizim xodimlarini kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirishda muhim axamiyat kasb etadi.

Ulashing: