Joriy yilning 18-may kuni “Huquqiy axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchisi F.Asanov va “Yuristlar uchun rus tili” fani o‘qituvchilari M.Abdullayeva, Sh.Kamolovalar hamkorligida «Информационный безопасность и кибер безопасность» mavzusida birinchi bosqich 16-21 guruhida binar ochiq darsi mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulot kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etildi. O‘quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzasidan videolavhalar orqali savol javoblar tashkil etildi. So’ngra yangi mavzu – annotatsiya tuzish yuzasidan taqdimot asosida tushunchalar berildi.
Darsda kichik guruhlarga mavzuga oid amaliy mashq va topshiriqlar berildi, o’quvchilar berilgan topshiriqlarni jamoaviy hamda yakka tartibda bajardilar.
Darsda turli innovatsion usullar, zamonaviy IT texnologiyalari, videolavhalardan unumli foydalanildi, talabalar faol va qizg’in tarzda darsga qatnashdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube