⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumiga Farg’ona shahridagi 9-sonli hamda 10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktablari bitiruvchilari tashrif buyurib, texnikumda yaratilgan shart-shaoritlar hamda texnikumga qabul qilish tartibi bilan atroflicha tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
O’quvchilar texnikumda yaratilgan moddiy texnik baza ya’ni innovattsion xona, sud amaliyot zali, axborot resurs markazi, anjumanlar zali, faollar zali, AKT xonasi hamda boshqa o’quv xonalar bilan tanishdilar.
🔹 Ushbu tashrif hamda o’tib berilga maxorat darsi o’quvchilarda katta qiziqish va ta’asurot uyg’otdi.
🔹 2022-2023 oʻquv yili uchun qabul komissiyasi tomonidan bitiruvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
✅ “Ochiq eshiklar kuni” yakunida o’quvchilarga texnikum faoliyati bo’yicha bukletlar taqdim etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube