“So‘ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi” ilmiy-uslubiy elektron-onlayn jurnalining 2-sonida texnikumning 2-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 1-20 guruh o‘quvchisi Anvarjonov Abrorjon Akmaljon oʻgʻlining “Huquqiy ong va huquqiy madaniyat” nomli maqolasi chop etildi.

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT

Anvarjonov Abrorjon Akmaljon oʻgʻli Farg’ona viloyati yuridik texnikumi o ‘quvchisi


Annotatsiya: Ushbu maqolada Huquqiy ong bu jamiyatda kishilarning huquq to‘g`risidagi qarashlari haqida, huquqiy ong nima ekanligi haqida, huquqiy madaniyat nima ekanligi haqida so`z boradi. Kalit so`zlar: huquq, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, jamiyat, siyosiy, munosabatlar, din axloq.

Huquqiy ong bu jamiyatda kishilarning huquq to‘g`risidagi qarashlaridir, chunki
huquqiy normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida kishilar o‘rtasida
turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.Huquq normalari
bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong ya‘ni kishilarning huquqni
bilishligi, huquq normalarini bajarishligin katta ahamiyatga egadir.Huquqiy ong
jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan – falsafa, siyosat, din, axloqdan farq
qiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo‘lib hisoblanadi, chunki huquqiy
ong keng tushuncha bo‘lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni
turmushda qo‘llash, huquq to‘-0risida bilimlarning, ya‘ni huquqiy madaniyat va
huquqiy tarbiya to‘-risidagi murakkab ijtimoiy vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Huquqiy ong huquq bilan uzviy ravishda bo-liq.Huquqiy ong va huquqning
munosabatlari uning quyidagi xususiyatlarida namoyon bo‘ladi:
jamiyatda huquqiy ong qonun va boshqa huquq normalarini qabul qilishda turli –
oyalarni rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Jamiyatda huquqiy ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni
muhofazo‘a qiluvchi idoralar, sud , prokuratura, ichki ishlar idoralari, milliy xavfsizlik
xizmati, adliya organlari va mansabdor shaxslarni huquqni hayotda to‘g’ri qo‘llash
uchun ular bilan turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga
ega.
Jamiyatda huquqiy ong amadlagi davlatning harakatda bo‘lgan huquqning
huquqiy me‘yorlarini tartibga solishda, kodifikatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Jamiyatda huquqiy ong boshqa ijtimoiy ong shakllaridan huquq, majburiyat,
burch, huquqbuzarlik va unga qo‘llaniladigan jazo choralari bilan farq qiladi.
Huquqiy ong davlatning huquqiy normalarni qabul qilish, huquqiy
tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishda, huquqiy normalarni turmushda
qo‘llashda ular bilan kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tarbibga solishda
katta ahamiyatga ega. Chunki davlat miyyosidagi har qanday qonun va boshqa
huquqiy normalar qabul qilishdan oldin huquqshunos mutaxassislar tomonidan o‘rganilib chiqiladi. Shuning uchun huquqshunoslar siyosat va amaliyotni yaxshi bilsa, qabul qilinadigan huquq me‘yorlari shunchalik mustahkam bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng fuqarolarning huquqiy
ongliligi natijasida, huqushunos olimlarning faol ishtirokida bozor iqtisodiyotining
huquqiy asosini yaratuvchi ko‘pgina qonunlar, Kodekslar qabul qilindi.
Huquqiy ong huquq to‘g`risidagi kishilarning qarashlarini o‘rgatar ekan, u o‘zining
tuzilishiga egadir, ya‘ni huquiy mafkura va huquqiy psixologiyadan iborat.
Huquqiy mafkura deganda, jamiyatdagi turli sinflarning, tabaqa millat va
elatlarning huquq to‘g`risidagi qarashlari tushuniladi. Jamiyatda qabul qilinadigan
davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya va boshqa qonunlar, huquqiy normalar
jamiyatdagi millatlar va elatlar manfaati nuqtai nazaridan qabul qilinadi. Huquqiy
mafkura har bir davlatda huquqdan tashqari, huquqshunoslik fanlarini ham o‘z ichiga
oladi.
Huquqiy psixologiya deb jamiyatdagi har bir kishining huquq to‘g`risidagi
qarashlari, bilimlari tushuniladi. Uning paydo bo‘lishi va rivojlanishida jamiyatdagi
barcha ijtimoiy guruhlar va kishilar qatnashadi. SHuning uchun huquqiy mafkura va
huquqiy psixologiya bir biri bilan bo-liqdir.
Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda
huquqiy mafkura asosiy hal qiluvchi rol o‘ynaydi.Chunki huquqiy mafkurajamiyatdagi
huquqiy ustqarmaning mavjudligini, talabga javob berishini, huquqiy normalarning
kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib mustahkamlashga va
rivojlantirishga katta yordam beradi.
Huquqiy psixoloigya huquqiy mafkurani ta‘minlab turuvchi ozuqadir.Chunki u
huquq to‘g`risida alohida shaxslarni va jamoatchilikning huquqiy ongidan tashkil
topgan.
Huquqiy madaniyat kishilarning huquq to‘g`risidagi bilimga , qonunga bo‘lgan hurmati,
huquqiy me‘yorlarni bajarishi, ularga amal qilmaganda huquqbuzarliklar sodir qilinsa,
tegishli jazo choralari olishiga aytiladi.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, mansabdor
shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni talab qiladi. SHuning uchun
huquqiy davlatning muhim beligsi-bu huquqiy madanyatdir.O‘zbekistonning bozor
iqtisodiyotiga o‘tishi turli demokratik islohotlarni o‘tkazishlarni talab qiladi. Bu esa
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni talab
qiladi.Huquqiy madaniyat umuminsoniy madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Unda
kishilar qanchalik madaniyatli bo‘lsa, qanchalik huquq normalari va qonunlarni bilsa,
yuridik adabiyotlarni bilib ularga amal qilsa, shunchalik huquq buzilishi kam bo‘ladi.
SHuning uchun respublikamizda kishilarning huquqiy madaniyatini oshirishga katta
e‘tibor berilmoqda. Jumladan, Oliy Majlisnnig X sessiyasi jamiyatda huquqiy
madaniyatni yuksaltirish to‘g`risida dastur qabul qildi. Bu dasturda mamlakat
miqyosda aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish va , huquqiy savodxonligini
oshirish, huquqiy tarbiyani yaxshilash, yuridik adabiyotlarni ko‘paytirish, xalqning
yuridik sohada bilimlarini oshirishga katta e‘tibor berib, kishilarni huquqiy ongini
rivojlantirish masalasi qo‘yildi. Bu borada O‘zbekiston respublikasining hozirgi bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish davrida huquqiy demokratik davlat qurishda,
qonunchilikni mustahkamlashda va turli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlar
o‘tkazish uchun aholini huquqiy jihatdan tarbiyalash va huquqiy madaniyatini
rivojlantirish muhim rol o‘ynadi. Shuning uchun hukumat tomonidan huquqiy
tarbiyani yaxshilash, huquqshunos kadrlarni tarbiyalash va jamoatchilik fikrini
o‘rganish ishini yaxshilash haqida maxsus farmonlar qabul qilindi. Bu farmonlarda
Respublika miqyosida aholini huquqiy tarbiyalash va huquqiy madaniyatin oshirish
davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb belgilandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI:
1. Tojihonov Y. Huquqiy mafko‘ra va qonunga itoatkorlik. T. 1995 .
2. Boboyew H.B,Odilqoriyev H. T.Davlat ua huquq nazariyasi. T. «Iqtisodiyot va
huquq dunyosi» 2000 y
3. Konstitsiya ua qonunlar ustunligi- O‘zbekiston taraqqiyotining kafolati. (1999
yil 17 noyabr ilmiy amaliy konferentsiya materiallari) T., ―Adolat 2000 y.
4. Saidov A. Tojinonov U. Huquq nazariyasi. T. Adolat. 2001 y.
5. Saidov A. Tojinonov U. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T.IIB. ―Akademiya,
1998.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: