“Science and innovation” xalqaro ilmiy-uslubiy elektron-onlayn jurnalining 15-iyul 3-sonida texnikumning 1-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 12-21 guruh o‘quvchisi Muhammad Ayub Farangiz Bori Shoh qizining “Odil sudlov. Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga murojaat qilish tartibi” nomli maqolasi chop etildi.
“Odil sudlov. Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga murojaat qilish tartibi”
Annotatsiya. Ushbu maqolada Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga taaluqli ishlar,murojaat qilish tartibi, murojaat turlari va ko’rib chiqilish muddatlari keltirib o’tilgan. Shuo’rinda Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga taaluqli ishlar bo’yicha dolzarb muommolar yoritibberilgan.
Kalit so‘zlar: nizo, Fuqarolik protsessual kodeksi, arbitraj, hal qiluv qaror, ariza, taklif,shikoyatlar, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyat, apellyatsiya, kassatsiya, ajrim, qaror va buyruq.
ПРАВОСУДИЕ. ПОРЯДОК ОБРАЩЕНИЯ В СУДЫ ПО ГРАЖДАНСКИМ ДЕЛАМ Аннотация. В данной статье перечисляются дела, относящиеся к судам по гражданским делам, порядок обращения, виды обращений и сроки их рассмотрения. Здесь освещены актуальные вопросы по делам, относящимся к судам по гражданским делам.
Ключевые слова: спор, Гражданский процессуальный кодекс, арбитраж, решение, решение, заявление, предложение, жалоба, исковое заявление, ходатайство, жалоба, апелляция, кассация, определение, постановление и приказ.
FAIR TRIAL. PROCEDURE FOR APPLYING TO THE COURTS FOR CIVIL CASES
Abstract. In this article, the procedure for applying to the courts on civil cases, types ofapplications and terms of consideration are discussed. In this regard, the courts on civil caseshave been briefed on topical issues of criminal cases.
Keywords: dispute, Civil Procedure Code, arbitration, settlement decision, application,proposal, complaints, lawsuit, petition, complaint, appeal, Cassation, finding, decision and order
Odil sudlov davlat boshqaruvini tashkil etishning bir shakli bo`lib, davlatda sodir etilgan
jinoyatlar va fuqarolik ishlariga oid masalalarni odilona, qonun asosida ko`rib chiqib hal etildi.
Odil sudlov jinoyat prossessiual qonun talablari asosida amalga oshiriladi. O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bobida sud hokimiyatining amalga oshirilishi bayon etilgan bo`lib, unda shunday deyiladi. «O`zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalardan mustaqil holda ish yuritadi»
1. O`zbekiston Respublikasi sud tizimi o`ziga xos tarzda ishlab chiqilgan. Sud ishlarini asosan 5 yil muddatga saylanadigan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo`jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo`jalik sudlaridan iboratdir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Odil sudlovdan foydalanish huquqi demokratik davlatlarda fuqarolarning shaxsiy huquq
va erkinliklari ta’minlanishidir:
a) O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga asosan: “Jinoyat sodir
etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda oshkora ko`rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o`zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlanib beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo`ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas” – deb bayon etilgan. Shunga ko`ra, jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning aybi faqat sud tomonidan, prossessual qonun talablari asosida ko`rib chiqilishi lozim.
Shu bilan birga, sud jarayonida ayblanuvchiga nisbatan tegishli sharoitlar yaratiladi.
b) Mulkiy siyosiy masalalar bo`yicha ham fuqaroga odil sudlov yordamidan foydalanish
kafolatlangan. Ya’ni, fuqarolik huquqlarini tiklash, siyosiy tomondan o`z huquqlarini himoya etilishini sud tomonidan ko`rib chiqishini talab etish fuqaroning odil sudlovdan foydalanish huquqining bir sharti bo`lib hisoblanadi. Odil sudlovda fuqarolar huquqining ta’minlanishi sud idoralari orqali amalga oshiriladi.
Sud departamentining asosiy vazifalari.
Sud tizimini yanada isloh qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy
ta’minlanishini takomillashtirish, sudlar mustaqilligini mustahkam-ash shuningdek, sud qarorlarini o`z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2001- yil 22- sentabrda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Sudlar departamenti Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti” sifatida qayta tashkil etildi.
Sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ijro ishi
yuritishini qo`zg`atish to`g`risida qaror chiqaradi. Sud ijrochisi ijro ishi yuritishini qo`zg`atish to`g`risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro yuritish qo`zg`atilgan kundan e’tiboran ko`pi bilan besh kun muddat belgilaydi va qarzdorga belgilangan muddat tugagandan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ushbu qonunning 82-moddasida nazarda tutilgan jarimani undirgan holda majburiy ijro etilishi to`g`risida ma’lum qiladi.
Aybsizlik prezumpsiyasi va barcha sudlarda oshkoralik prinsiplari.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi
qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanguncha va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o`zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Aybdorlikka oid barcha shubhalar basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo`lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun o`llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak (JPK-23- modda).
Fuqarolik sudiga fuqarolik huquqiy munosabatlar, oila munosabatlari, mehnat munosabatlari bo’yicha nizolar yuzasidan murojaat qilinadi. Oila munosabatlarida nikohdan ajratish, aliment undirish, otalikni belgilab aliment undirish, nikoh davrida ortirilgan mulkni bo’lish kabi nizolarni keltirsak, mehnat nizolariga ishga tiklash, ish haqqi undirish va boshqa bir qator nizolarni misol qilib keltirsak bo’ladi. Bundan tashqari kredit qarzdorlikni undirish, shartnoma asosida qarzdorlikni undirish, meros masalalari bo’yicha ham murojaatlar qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 5-bob 26-moddasiga
binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir:
· Fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga
keladigan nizolar bo‘yicha ishlar, agar taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno;
· Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar;
· Hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi va hakamlik
sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar;
· Chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar;
· Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa
ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar.
Sudlarga 2 turdagi ariza bilan muroaat qilish mumkin.
1) Oddiy xat tarzidagi, muayyan ish bilan bog’liq bo’lmagan murojaatlar: ariza, taklif,
shikoyatlar (sudga ishga qabul qilish, sudning pochta manzilini ma’lum qilish, davlat bojini to’lash tartibini aniqash va shu kabilar). Bu toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tog’risida”2 gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo’shimcha o’rganish va (yoki) tekshirish, qo’shimcha hujjatlarni so’rab olish talab e’tilganda esa 1oygacha bo’lgan muddatda berilishi mumkin.
2) Muayyan nizo yoki ish bilan bog’liq bo’lgan murojaatlar: ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyat(qarzni undirish haqidagi da’vo arizasi,sud hujjatidan norozi bo’lib berilgan shikoyat va shu kabilar) Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha — da’vo arizasi shaklida; buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida.Bu toifadagi murojaatlar Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarda Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi (20-bob 188-m,193-m).
Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. Elektron shaklda shakllantirilgan
fuqarolik ishining qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasi bo‘lishi mumkin.Fuqarlik ishlari bo’yicha sudga murojaat qilishda javobgarning yashash manzili bo’yicha murojaat qilinadi. Ya’ni javobgar qaysi hududda istiqomat qilsa o’sha hududdagi fuqarolik sudiga murojaat qilinadi.
Sud ko‘rilayotgan va hal etilayotgan masala bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va
buyruq qabul qiladi. Birinchi instantsiya sudi ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ayrim hollarda esa sud buyrug‘i qabul qiladi. Apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi
2. FPK 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son
3. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 11.09.2017 yildagi O‘RQ-445-son
4.https://lex.uz/docs/-3517337
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube