“Adliya ayoli” koʻrik tanlovi viloyat bosqichi yakuniga yetdi. Tanlov 3-bosqichda o‘tkazilib, jami 10 nafar nomzodlar bellashdilar.

Tanlov jarayonida xodimlarning kasbiga boʻlgan sadoqati, bekalik mahorati amaliy tarzda sinovdan oʻtkazildi. Test sinovlarida ishtirokchilar mehnat faoliyatiga oid savollarga javob berdilar. “Quyidan yuqoriga” tamoyili asosida qabul qilinayotgan qonunchilikka berilgan takliflar hakamlar hayʼatida eʼtirof etildi. Soʻngi shartda esa xotin-qizlarning oshpazlik mahoratlariga baho berildi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Xususan,
1-o‘rin – Fargʻona shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi – Qodirova Xabibaxon Abdusamad qizi;
2-o‘rin – Fargʻona yuridik texnikumi o‘qituvchisi – Mirjavharova Feruza Usmonjonovna;
3-o‘rin – Toshloq tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi – Mahmudova Sayyoraxon Zohidjon qizi egalladilar.
Shu bilan birga, tanlovda qolgan ishtirokchilar ham faol ishtirok etishib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Tanlov g‘olibi Qodirova Xabibaxonga respublika bosqichida omad tilab qolamiz!!!

 

Ulashing: