⚖️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4096- sonli qaroriga asosan 2019-2020 o’quv yilidan boshlab sudyalik lavozimlari uchun sudyalikka nomzodlar O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tomonidan tayyorlanishi yo’lga qo’yildi.

🏛 Farg’ona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan o’qituvchisi B.Akbarova mazkur kursni muvaffaqiyatli tamomlab “Magistrlik” darajasiga ega bo’ldi.

👏👏 Texnikum jamoasi B.Akbarovani ushbu daraja bilan muborakbod etadi va kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi.

Ulashing: