“20 avgust – Tadbirkorlar kuni”

“20 avgust – Tadbirkorlar kuni”

Shu munosabat bilan Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan  o’tkaziladigan navbatdagi “ochiq muloqot” tadbiriga munosib tayyorgarlik ko’rish maqsadida, viloyat sudlari tomonidan viloyatdagi soliq, bojxona organlari bilan hamkorlikda joriy yilning 23-26-iyul kunlari hududdagi yetakchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etildi hamda tadbirkorlarning muammolari va taklif-istaklarini aniqlash choralarini ko’rildi. Bunda, nizolarni hal etishning muqobil mexanizmlarini (arbitraj va mediasiya) takomillashtirishga, korrupsiya va byurokratik to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha takliflarga, tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoyasini kuchaytirishga, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shunga ko’ra, tadbirkorlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo’yicha takliflarini olish hamda murojaatlarni joyida hal etish maqsadida, 2022 yil 26 iyul kuni viloyat ma’muriy sudi sudyalari tomonidan Farg’ona viloyat Davlat soliq boshqarmasi binosida hamda viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Shuningdek, 2022 yil 25 iyul kuni Farg’ona viloyati ma’muriy sudi sudyasi I.Matmusaev va Farg’ona tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi B.YUldashevlar tomonidan Farg’ona viloyati bojxona boshqarmasi Marg’ilon TIF bojxona postida bojxona xodimlari, deklarantlar va bojxona ramiylashtiruvi bo’yicha mutaxassislar ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi. Qabul ochiq muloqot shaklida o’tkazilib, tadbir davomida tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Ularning samarali yechimini topish va amaldagi qonunchilikka takliflar berish yuzasidan fikr almashildi. O’tkazilgan sayyor qabulda muhokama qilingan muammolar va ularning yechimi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar yuzasidan Oliy sudga axborot berishga kelishib olindi.

 

I.Matmusaev,

Farg’ona viloyat ma’muriy sudining sudyasi

Ulashing: