O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 677-sonli qaror bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizom»ning 4-ilovasiga hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil, 2-avgustdagi 12/4-477/8-4-son xatiga muvofiq texnikumda ko’zi ojiz abituriyent Y.Sobirova bilan og’zaki imtihon bo’lib o’tdi.
✅Abituriyent Y.Sobirova komissiyaning yakuniy xulosasiga ko’ra 71 ball to’plab texnikumning «Davlat-huquqiy faoliyat» yo’nalishi sirtqi ta’lim shakliga o’qishga tavsiya etildi.
✅Shunningdek, «O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizom»ning 3-ilovasiga asosan chet el fuqarosi bo’lgan B.Raximova bilan ham suhbat o’tkazildi hamda Nizom talablariga asosan «Davlat-huquqiy faoliyat» yo’nalishi sirtqi ta’lim shakliga o’qishga tavsiya etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube