Davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda 2022/2023 yangi o’quv yilini boshlanishi munosabati bilan 2-bosqich o’quvchilari uchun “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” bosh g’oyasi asosida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida bugungi tinch va erkin xayotni qadrlab, shukronalik tuyg’usi bilan yashashga, inson qadrini ulug’lashni madx etuvchi she’r, kuy va qo’shiqlarga o’quvchilar tomonidan taqdim etildi.

Tadbir so’ngida yozgi ta’til davrida yoshlar bo’limi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan o’quvchilar texnikum direktori tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: