Mustaqillik xalqimiz uchun o’z taqdirining xaqiqiy egasi bo’lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi.
Mustaqillik yillarida ko’xna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bagrikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygusi yuragimizning tub-tubidan o’rin
oldi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli isloxotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustaxkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi tahminlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglik muxitini kuchaytirish, konun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari xamda manfaatlarini ruyobga chikarish buyicha ulkan ishlar amalga oshirilganligi to‘g‘risida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” mavzusidagi mustaqillik darslarida o‘quvchilarga keng ko‘lamli ma’lumotlar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube