🏛 Joriy yilning 12-sentabr kuni 2022/2023 o’quv yili uchun Farg’ona viloyati yuridik texnikumiga kirish uchun o’tkazilgan test sinovlarini muvafaqiyatli topshirib, davlat granti va to’lov kontrakti o’qishga qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” bosh g‘oyasi asosida ma’naniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Qolaversa, tadbirda Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti va adliya vazirligining yuridik texnikumlarining 78 nafar iqtidorli talaba va o‘quvchlari “Adliya vaziri stipendiyasi” bilan taqdirlanganligi e’lon qilingan edi. Shu munosabat bilan texnikumning 5 nafar o‘quvchisi ham “Adliya vazirligi stipendiyasi” sovrindori bo‘lganligi uchun guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida istiqlolimizni madx etuvchi she’r, kuy va raqslar tadbir ishtirokchilari tomonidan havola etildi. Ota-onalar tomonidan bildirilgan ezgu tilaklar, barchaga hush kayfiyat ulashdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: